
"Ayaks" etakchisi "Barselona"ni tanladi
"Ayaks" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong "Barselona"ga o‘tadi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra gollandiyalik futbolchi bu borada amsterdamliklarni ham, kataloniyaliklarni ham ogohlantirgan. Ta’kidlash kerakki, de Yong uchun shuningdek "Bavariya" va "Manchester Siti" klublari ham da’vogarlik qilishayotgan edi. O‘z navbatida “Ayaks” ushbu futbolchini 70 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, de Yong joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar