"Atletiko" Diego Kostaga yana bir o‘rinbosar topdi

  • 10 dekabr, 2018, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi qishda Xitoy klubiga o‘tish istagini bildirayotgan hujumchi Diego Kostaga munosib o‘rinbosar qidirishni davom ettirmoqda.

Tecno

Dastlab ushbu o‘ringa "Selta"  forvardi Maksimiliano Gomes nomzodi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda  “matraschilar” bu borada “Monako” hujumchisi Radamel Falkao nomzodini ham o‘z ro‘yxatlariga kiritib qo‘yishgan.

Eslatib o‘tish lozimki, kolumbiyalik futbolchi uchun “Atletiko” begona emas. Boisi, u 2011-2013 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.  U joriy mavsum “Monako” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!