
Arturo Vidal: Ronaldu meni "Barselona"ga o‘tayotganimni eshitgach, Italiyaga qochib qoldi
"Barselona" klubining yangi a’zosi Arturo Vidal portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Real"dan ketishi borasidagi savolga hazilomiz tarzda javob berdi.
“Men u bilan uchrashishni juda ham xohlagandim. Lekin, afsuski u meni “Barselona”ga kelishimni eshitishi bilan Italiyaga qochib qoldi”, - deydi Vidal.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu o‘zining 9 yillik faoliyatidan so‘ng 112 mln evro evaziga “Yuventus”ga o‘tib ketgan edi.
Fikrlar