
Arturo Vidal: "Barselona"da o‘ynashni bir umr orzu qilganman
Chililik yarim himoyachi Arturo Vidal “Barselona”ga ko‘chib o‘tgach o‘zining ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Barselona”ga kelganimdan xursandman. Yangi jamoadoshlarim bilan birga mashg‘ulot o‘tkazishni sabrsizlik bilan kutyapman. Men “Barselona”da o‘ynashni bir umr orzu qilganman. Umid qilamanki, ushbu klub bilan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritaman. Buning uchun esa maydonda jonimni berishga ham tayyorman”, - deydi Vidal.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi “Bavariya”dan 18 mln evro evaziga “Barsa”ga kelib qo‘shildi. Bugun “Kamp Nou”da Vidalni rasmiy tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar