
Arturo Vidal: Agar VAR joriy etilganida, "Real" 3 marta EChLda g‘olib chiqmagan bo‘lardi
“Barselona” klubi xavbeki Arturo Vidal videotakrorlar tizimi (VAR) haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra agar ushbu tizim avvalroq qo‘llanilganida “Real” ketma-ket 3 marta ushbu musobaqada g‘olib chiqmagan bo‘lardi.
“Agar VAR bo‘lganida “Bavariya” kamida ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan bo‘lardi. “Real”da esa 2ta sovrin kamayardi.
Men “Barselona” bilan barcha musobaqalarda g‘olib chiqmoqchiman. Lekin, mening asosiy maqsadim bu – Chempionlar ligasi”, - deydi chililik futbolchi.
Fikrlar