
"Arsenal" qishda "Barselona" forvardini sotib olmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Malkom qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchiga Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash lozimki, Malkom ayni damda “Barselona”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va shu bois u ushbu transferga rozilik bildirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Malkom kataloniyaliklar safiga joriy yoz “Bordo”dan 41 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar