"Arsenal" O‘zil o‘rniga Xamesni olib kelmoqchi

  • 16 yanvar, 2019, 13:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Mesut O‘zilning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra germaniyalik futbolchi “kanonirlar” ustozi Unai Emerining rejalariga kirmaydi. Londonliklar ushbu joyga “Bavariya”da ijara asosida to‘p surayotgan “Real” xavbeki Xames Rodrigesni olib kelishmoqchi. O‘z navbatida myunxenliklar 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini 3,5 mln evro evaziga yarim mavsumga ijaraga berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” bundan avvalroq “Yuventus” va “Inter”ga O‘zilni sotib olishni taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!