
"Arsenal" "Inter" va "Yuventus"ga O‘zilni sotib olishni taklif qildi
"Arsenal" joriy qishki transferlar davrida germaniyalik yarim himoyachisi Mesut O‘zilning xizmatlarini bir nechta klubga taklif qildi.
Tuttomercatoweb tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” rahbariyati bu borada “Yuventus” va “Inter” bilan bog‘langan hamda O‘zilni sotib olishni taklif qilgan. Biroq, A Seriya grandlariga futbolchining maoshi yuqoriligi ma’qul kelmayapti.
Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum “Arsenal” safida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar