
"Arsenal" "Bavariya" futbolchisi uchun 50 mln evrodan voz kechishga tayyor
Londonning “Arsenal” klubi “Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Komanga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “kanonirlar” 22 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritishmoqchi va buning uchun Myunxen klubiga 50 mln evro taklif qilishmoqchi. Aytish lozimki, Kumanni jamoada shaxsan bosh murabbiy Unai Emeri ko‘rishni istamoqda. Biroq, futbolchi “Bavariya”dan ketishni rejalashtirmayapti.
“Men “Arsenal” bilan muzokaralar o‘tkazmadim. Agar hammasi joyida bo‘lsa men albatta “Bavariya”da qolaman. Mening klub bilan yana 5 yillik shartnomam bor va men ushbu jamoada to‘p surishda davom etmoqchiman”, - deydi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Koman o‘tgan mavsum “Bavariya” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar