
Andrea Petkovich raqibini 53 daqiqada taslim qildi
Germaniyalik Andrea Petkovich Vashington shahrida o‘tayotgan "Citi Open" turnirida ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Andrea musobaqaning ilk bosqichida mezbonlar vakili Jeymi Lyobni har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Petkovich chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda amerikalik tennischilar Sloan Stivens va Betani Mattek-Sends o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar