"Andijon" va "Qo‘qon-1912" kelgusi mavsum uy o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazishadi, agar...

  • 17 noyabr, 2018, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan bir necha kun muqaddam o‘z maydonida “Istiqlol”ni (2:1) engib, muddatidan avval Pro-liga chempionligini qo‘lga kiritgan “Andijon” kelgusi mavsumni Superligada o‘tkazadi.

Tecno

Yuqori divizionda ishtirok etuvchi jamoalarga esa O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan jiddiy talablar bor. Ularning eng asosiysi stadion masalasidir. Chunki, ushbu ligada to‘p suradigan jamoalarning uy stadionlari talab darajasida bo‘lishi lozim.

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaevning so‘zlariga ko‘ra stadionlari tashkilot qo‘ygan talablarga mos kelmaydigan jamoalar, jumladan “Andijon” va “Qo‘qon-1912” mavsum boshlangunicha kerakli ishlarni amalga oshirib, kamchiliklarni bartaraf etmasa, o‘z uy o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!