
Ana xolos! Xedira “Roma”dan cho‘chimoqda
Turinnig “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xediraning fikricha “Roma” ulkan salohiyatga ega jamoa va “bo‘rilar”ni mag‘lub etish oson bo‘lmaydi.
“Roma” bizdan bor yo‘g‘i 4 ochko ortda holos va bundan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Ular kuchli hujum va himoyaga ega. Ularda barchasi o‘z o‘rnida. G‘alaba qozonish juda ham qiyin bo‘ladi, biroq, biz o‘z maydonimizda o‘ynaymiz. Bu esa bizga katta imkoniyat beradi. Umid qilamanki muxlislar shu kuni chiroyli o‘yin guvohi bo‘lishadi”, - deydi Xedira Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” hamda “Roma” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 17 dekabr, Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.
Fikrlar