Ana xolos! Saloh bu mavsum APLda boshqa maydonga tushmasligi mumkin

  • 30 aprel, 2018, 15:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh joriy mavsum APLning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli misrlik futbolchi o‘tgan tur “Stok Siti”ga (0:0) qarshi uchrashuvda raqib jamoa himoyachisi Martins Indining boshiga atayin zarba berishga urinishda gumon qilinmoqda. O‘shanda uchrashuv hakami esa bu vaziyatda e’tibor qaratmagan edi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom komissiyasining qaroriga ko‘ra Saloh uchta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Agar ushbu qaror o‘z tasdig‘ini topsa APL to‘purari musobaqaning so‘nggi ikki turidan o‘rin olgan “Chelsi” va “Brayton”ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!