Ana xolos! PSJ "Barselona" xavbeki uchun 100 million evrodan voz kechmoqchi

  • 21 avgust, 2018, 16:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning amaldagi chempioni hisoblangan PSJ klubi “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichni sotib olishga urinib ko‘rmoqchi.

Tecno

Berilgan xabarlarga qaraganda parijliklar joriy transferlar yopilgunicha 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 100 million evro taklif qilishmoqchi. Bundan tashqari agar ushbu transfer amalga oshsa, Rakitich PSJda hozirgidan ikki barobar ko‘p maosh olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rakitich o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar bundan avvalroq Rakitich 125 million evrodan kamiga sotilmasligi haqida e’lon qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!