Ana xolos! Meyvezer 20 yoshli yaponiyalik bilan kuch sinashadi

CHERY AUTO

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 31 dekabr kuni yaponiyaning Rizin promoushenida debyut uchrashuvini o‘tkazadi.

Tecno

Unga qarshi 20 yoshli kikboks ustasi, MMA jangchisi Tensin Nasukava ringga ko‘tariladi. Aytib o‘tish joizki, jang Saytame shahrida 37 ming muhlsini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan "Saitama Super Arena" sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Xozircha, qarama-qarshilik qaysi sport qoidalari bo‘yicha bo‘lib o‘tishi ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Nasukava kikboks doirasida 27 uchrashuvda ishtirok etib hammasida g‘alaba qozongan. MMA doirasida 4 marta ringga ko‘tarilib mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan kuch sinashishga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!