Ana xolos! Ikardi joriy mavsum boshqa maydonga tushmasligi mumkin

  • 24 fevral, 2019, 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi jarohatlangan tizzasini operatsiya qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bordiyu 25 yoshli argentinalik futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga rozilik bildirsa, u holda joriy mavsum boshqa maydonga tusholmasligi mumkin. Uning operatsiyasi taxminan 7 mart kuni o‘tkazilishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Ikardi so‘nggi 1 oy davomida og‘riq qoldiruvchi vositalar yordamida maydonga tushib kelgan.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “neradzurrilar” safida 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!