AGMK yana 4 futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 15 yanvar, 2019, 09:45
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum “Lokomotiv” va “Neftchi” jamoalari safida to‘p surgan himoyachi Boburbek Yo‘ldoshev joriy yildan AGMK futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Shuningdek so‘nggi yillarda “Buxoro” tarkibida mazmunli o‘yinlar ko‘rsatgan San’at Shixov ham endilikda olmaliqliklar a’zoasiga aylandi.

Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”dagi sobiq shogirdlari – Murodjon Toshmatov va Mirjamol Qosimovlarni ham Olaliqqa taklif etdi.

Shuningdek, o‘tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Oybek Qilichev bilan ham kelishuv uzaytirilgani e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
15/01/2019 12:30
Санъат Шихов буларни ичида утган мавсум энг стабильный уйнаган футболчи. Термага хам арзийдиган уйинчи.