
A Seriya. "Latsio" "Krotone"ni enga olmadi va "Inter"da EChL umidini qayta uyg‘otdi
Bundan bir necha daqiqalar oldin Italiya A Seriyasining 37-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar o‘z yakuniga etdi.
Jumladan, "Latsio" shu kuni "Krotone" mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. E’tiborlisi, agar rimliklar ushbu o‘yinda g‘alaba qozona olishganida o‘zlari uchun EChL yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritishgan bo‘lishardi. Endi barchasi so‘nggi turga qoldirildi.
Quyida qolgan natijalar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin:
"Krotone" – "Latsio" - 2:2 (1:1)
Gollar: Lulich, 17 (s penalti) - 0:1, Simi, 29 - 1:1, Chekkerini, 61 - 2:1, Milinkovich-Savich, 84 - 2:2
***
"Fiorentina" – "Kalyari" - 0:1 (0:1)
Gol: Pavoletti, 37 - 0:1
***
"Torino" – SPAL - 2:1 (0:1)
Gollar: Grassi, 22 - 0:1, Belotti, 68 - 1:1, de Silvestri, 87 - 2:1
***
"Verona" – "Udineze" - 0:1 (0:1)
Gol: Barak, 20 - 0:1
***
"Bolonya" – "Kevo" - 1:2 (1:0)
Gollar: Verdi, 12 (penalti) - 1:0, Jakkerini, 48 - 1:1, Ingleze, 60 -1:2
Fikrlar