7 nafar hakamlarimiz va o‘zbekistonlik FIFA nazoratchisi Saudiya Arabistonidagi xalqaro seminarda ishtirok etishyapti

  • 6 dekabr, 2023, 16:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 5-9 dekabr kunlari Saudiya Arabistonining Dammam shahrida VAR texnologiyasi hamda jismoniy tayyorgarliklar bo‘yicha hakamlar uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Tecno

Ahamiyatli jihati, ushbu yig‘ilishda 7 nafar hakamimiz — Ahrol Risqullaev, Akobirxo‘ja Shukurullaev, Asker Najafaliev, Rahimbek Karimov, Akmal Rahimov, Ibrohim Ismoilov hamda Roziyabonu Yusupova, shuningdek, o‘zbekistonlik hakamlar uchun FIFA nazoratchisi hisoblanuvchi Farhod Abdullaev ham ishtirok etmoqda.

hakamlar3

Seminar davomida VAR texnologiyasi, undagi yangiliklar va ularning futbolga tatbiq qilinishi borasida keng qamrovli nazariy va amaliy bilimlar berilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, kurs doirasida hakamlarni UEFA tomonidan yangi ishlab chiqilgan fitness testlari bilan ham tanishtirish reja qilingan.

O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
998992832277 Дедашов Икрамжон Исманович
07/12/2023 08:34
Яхши бу́либди Зора бизни суперлигада хам хакикат пайдо бу́либ халк ишончи кайтса
&
Bolelshik
06/12/2023 22:39
VAR ni yaxshilab o'rganinglar, hurmatli hakamlar! Kelgusida xatolar kechirilmaydi