
5 nafar o‘zbekistonlik yakkakurashchi Rossiyada ringga chiqishadi
O‘zbekistonlik yakkakurashchilar Rossiyaning Novosibirsk shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan turnirda ishtirok etadi. Janglar 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 13 aprel kuni musobaqa oldi rasmiy tadbirlar tashkillashtiriladi.
Mazkur musobaqada 5 nafar sportchi ringga ko‘tariladi. Bu yakkakurashchilarga Ozarboyjon, Rossiya va Qirg‘izistonlik sportchilar raqiblik qiladi.
“JMFC 5” turnirida vakillarimiz ishtirokidagi janglarni 62 kg vaznda Shohruh Adaxamov boshlab beradi. U rossiyalik Sergey Shaportov bilan kuch sinashadi.
66 kg vaznda Jahongir Tesheboev ozarboyjonlik Abdulatip Xalitovni sinovdan o‘tkazsa, 71 kgda Furqat Sotvoldiev qirg‘izistonlik Aslan uulu Dastan bilan urushadi.
Shuningdek, Shuhratbek Rahmonov boshqa mezbon sportchi Xayrullo Saburovga qarshi ringga chiqsa, eng og‘ir vaznda Azizbek Abdullaev Maksim Asanov bilan uchrashadi.
Fikrlar