
5 karra jahon chempioni hisoblangan O‘zbekiston amputantlar terma jamoasiga Osiyo chempionati oldidan maxsus ekipirovkalar topshirildi (Foto)
Kecha O‘FAda Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
5-9 mart kunlari Eronning Kish shahrida amputantlar o‘rtasida ilk bor Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Jahon chempionatining 5 karra g‘oliblari, O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi ham ushbu turnirda ishtirok etadi.
Uchrashuvda O‘FA rahbariyati terma jamoamizga qit’a birinchiligada omad tiladi hamda maxsus ekipirovkalar topshirdi.
Fikrlar