39 yoshli Ibragimovich klubidan nima talab qilmoqda?

  • 19 oktabr, 2020, 13:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yulduzi Zlatan Ibragimovich klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqida "Corriere della Sera" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, shvetsiyalik forvardning agenti Mino Rayola mijozini "rossonerilar" safida olib qolish borasida ish boshlagan. Avgust oxirida tomonlar bir yillik bitimga erishgan edi. Ammo Zlatan jonajon klubida ko‘proq vaqt qolmoqchi.

39 yoshli hujumchi "Milan" safiga yanvar oyida qaytgan edi. Bu vaqt mobaynida u 16 gol 5 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!