37 yoshli futbolchimizga to‘rtta klub jiddiy qiziqmoqda

  • 16 noyabr, 2020, 17:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali yarim himoyachi Jasur Hasanov bir yarim yildan buyon “So‘g‘diyona” sharafini munosib himoya qilib kelyapti. O‘zidan iliq taassurot qoldirayotgani sababli hali hamon muxlislarning e’tiborida bo‘lib turibdi. Qolaversa, Hasanovni o‘z safida ko‘rishni xohlayotgan boshqa klublar ham bor.

Tecno

37 yoshni qarshilagan ushbu futbolchiga Superliganing to‘rtta jamoasidan taklif borligi ma’lum bo‘ldi. Bu xususida uning o‘zi sports.uzga bergan intervyusida ma’lum qildi. Hozircha jamoalarning nomlari sir tutilmoqda. Biroq jizzaxliklar ham Hasanov bilan kelishuvni uzaytirish niyatida. Shu sababli barchasiga mavsum yakunidan keyin oydinlik kiritiladi.

Yaqin orada Jasur Hasanov bilan uyushtirilgan suhbatni sports.uzda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Kind Prince
16/11/2020 17:52
Аник факт асосида оммага такдим этиш кере сарловхани.
Сир тутилвати шуям гапми.
Кайси клуб канча тавон пули канча ойлик бериш таклиф килган. Саллани ишга оганниям. Тупойла