3:1, 1:2 yoki 0:0. O‘zbekiston - Eron bahsiga SPORTS.uz sayti jurnalistlarining taxminlari bilan tanishing!

  • 21 noyabr, 2023, 12:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan "JCh-2026" saralashi doirasida Toshkentda kuch sinashadi. O‘yindan oldin, SPORTS.uz sayti jurnalistlarining mazkur o‘yinga taxminlari bilan qiziqdik. Rang-barang javoblar ko‘pchilikni hayron qoldirishi aniq. Shuningdek, siz ham o‘z taxminingizni komentda qoldirishingiz mumkin!

Tecno

Jaloliddin Qobiljonov

O‘yinning muhimligi shundaki, g‘olib "6 ochko"dan tashqari, katta ruhiy ustunlikka ham ega bo‘ladi. Shuningdek, 2 yildan ko‘proq payt mobaynida milliy jamoa boshqaruvida ishlab kelayotgan Katanes bu muddat davomida qanday jamoa qurganini ko‘rib olishimiz mumkin. Bugun hech qanday rotatsiya bo‘lmaydi, bugun hech qanday bahonalar o‘tmaydi. Tarkib - optimal, maydon holati - ideal. Plyus, hali o‘z maydonimizda forslarni mag‘lub etmaganimiz, turli yillardagi alamli mag‘lubiyatlar bizga qo‘shimcha motivatsiya bo‘lishi shubhasiz.
Olg‘a, oq bo‘rilar, O‘zbekiston sizlarga ishonadi!

jeg34ji43g

Karim Xudayqulov

Bugun katta o‘yin! Anchadan beri rasmiy uchrashuvlarda Erondek katta salohiyatga ega terma bilan o‘ynamagandik. Katanets va u qurgan jamoa uchun aniq ayta olamanki, ilk katta sinov! Jamoadagi ichki muhit yaxshi, chamamda. Shuningdek, vakillarimiz tanlayotgan uslub ham menga yoqyapti. Jahon chempionatiga faqatgina chiroyli o‘yin bilan chiqish qiyinligini tushunib etdik. Ko‘proq yugurib, tajovuzorroq va kompakt futbol namoyish etish kerak. Yana bir muhim detal - ruhiy holat. Agar yigitlarimiz qarshisidagi raqib qaysi terma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zlariga bo‘lgan yuqori ishonch bilan maydonga tushsa, Erondan ham kuchliroq termalarni ham yuta olamiz. Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan sifatlarga ega O‘zbekiston milliy terma jamoasini maydonda ko‘rish niyatim bor. Durang ob’ektiv yondashuv bo‘lsa, ishonch va simpatiya evaziga muhim uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishimizni taxmin qilyapman.

ok3gko3g

Shoxruh Zoirov

O‘zbekiston ertaga muhim va shu bilan birga qiyin o‘yin o‘tkazadi. Raqib Osiyoda kuchlilar qatorida ekani bilan birga bizga qarshi o‘ta noqulay ekani bilan yaqqol ajralib turadi.

Biz o‘zbekistonlik inson sifatida vakillarimizning g‘alaba qozonishidan umidvormiz va shu sabab ularga omad tilab qolamiz. Ammo realist va xolis jurnalist sifatida forslar bu bahsda favorit ekanini aytib o‘tishimiz lozim. Eronliklar sovuqqonlik va kerakli paytda qanday o‘ynash kerakligini bilgan holatda g‘alaba qozonib ketish ehtimoli yuqori. Tahminiy hisob 0:1.

jiv32j23

Oybek Yuldoshev

Menimcha bu o‘yin haqida ortiqcha ta’rif kerak emas. Eron bizni "CAFA"da yutgan edi. Biroq bugun vakillarimiz g‘alaba qozonib, revansh olsa kerak.

Yutishimiz uchun hamma va hamman narsa shay. O‘z uyimizda o‘ynaymmiz, optimal tarkib, yo‘qotishlar yo‘q va menimcha bugun Katanets Galenoyning yuziga "do‘stona shappati" tushira oladi.

fij34i3jf

Azamat Umarov

2:0 hisobida yutamiz. Ertalabdan yutadigan kayfiyatda uygondim)

g4j3igj34igj43gj

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Katta ehtimol bilan bugun maydonda xarakterlar to‘qnashuvi bo‘ladi. Kim sovuqqonroq bo‘lsa, kim kam xato qilsa o‘sha jamoa yakunda 3 ochkoga ega bo‘ladi. Menimcha, hozir forslarni yutadigan darajada kucha egamiz. Asosiysi, buni futbolchilar o‘zi his qilishi lozim. Ruhiy tomondan bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rsak, katta ehtimol undan g‘olib sifatida chiqamiz. Ayni damda, biz Erondan kuchliroqmiz, ammo buni hali maydonda isbotlash lozim. Taxminiy hisob 1:0. "Oq bo‘rilar" foydasiga.

i4ji3j4g4i3jg

Bekzod Isaev

Eron juda havfli raqib. Tarkibda katta nomlar bor va ular eng asosiysi bizga qarshi qanday o‘ynashni biladi. Bir so‘z bilan aytganda bizni yaxshi o‘rgangan jamoa. Shunisi havotirli. Lekin bizda ayni paytda kreativ fikrlaydigan futbolchilar bor va ular orqali natija qilsak bo‘ladi. Abbos, Jamshid va Oston shular jumlasidan. Eng asosiysi terma jamoa o‘zidan kuchli bo‘lgan jamoalarni yutish payti kelganini amalda isbotlashi lozim. Katanets esa 2 yildan ortiq vaqt terma jamoada nimalar qila olganiga bugun baho beramiz. Huddi murabbiyning matbuot anjumanida o‘zi aytganidek.

Jaloliddin Ahmedov

Menda biroz boshqachor taxmin bor. Avvaliga Eron gol uradi, keyin biz tenglashtiramiz. So‘nggi daqiqalarda yana gol o‘tkazib yuboramiz. Taxminim 1:2 forslar foydasiga.

32f23f

Baxtiyor Toshtemirov

To‘g‘risi murosasiz o‘yin kutmayapman. Katta ehtimol bilan durang bo‘ladi. 1:1 yoki 0:0. Ikki jamoa ham o‘ta ehtiyotkor futbol ko‘rsatsa kerak.

g3uh43g

Javohir Azimov

2:1 hisobida yutsak kerak. Faqat motivatsiya evaziga yutishimizni kutyapman, muxlislar faktori ham rol o‘ynaydi.

Sizninga, bu bahsda kimni qo‘l baland keladi? Fikrlaringizni izohda qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Xolmatov
21/11/2023 15:49
Bugun o'yin gollarga boy bo'ladi Xudo hohlasa
Davronbek Xudoyarov
21/11/2023 17:25
0-0 boʻlar
&
Адхамжон Низомов
21/11/2023 16:56
Узбекистон-Эрон 1-0.мени тахминим.
Imomali
21/11/2023 14:59
Узбекистан -Эрон уйини 2-1 ёки . 3-2 булади уйини охирги 85 ё 92 дакикаларда Узбекистан ютади ОМАД БАРЧАГА
Vohid Shabaev
21/11/2023 14:17
0-1хар доимгидай. Эрон туллак.
бек тв
21/11/2023 14:12
Бугун защытниклани куни булади хусниддин или умар гол уради аник
Redmi11 Yangiobod
21/11/2023 13:52
Albatta yutamiz inshaolloh 2-1
Абдухаликов Мухаммад
21/11/2023 13:32
Мени фикрим 1:1 дуранг натижа булади.
&
Artur
21/11/2023 13:16
Фақат Аллох билади нимабўлишини олдиндан нимадир дейиш
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
21/11/2023 13:00
Uzbekiston yutadi 2:1 ga avval bizikilar uradi keyin hisobni ular tenglashtiradi va kutilmagan paytda yosh iqtidorlarimizdan biri g‘alaba to‘pini kiritadi bu Eronliklar uchun alamli mag0lubiyat bo‘ladi