
228 kun futbolsiz yoxud Fozil Musaev maydonga qaytdi
Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan "Jubilo Ivata" klubi safarda "Tokio" bilan nursiz durang qayd etdi. E’tiborlisi, Musaev mazkur uchrashuvning 84-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
Qayd etish joiz, 29 yoshli Fozil shu yilning 27 martida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Marokashga qarshi kechgan bellashuvda jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Mana, oradan 228 kun o‘tib Musaev jarohatidan forig‘ bo‘ldi va yana maydonga qaytdi.
Yaponiya J ligasi. 32-tur
"Tokio" - "Jubilo Ivata" 0:0.
Fikrlar