
18 yoshli Xadson-Odoi "Chelsi"da 10,5 million evro maosh oladi
Londonning "Chelsi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi tez orada “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda londonliklar 18 yoshli angliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra Xadson-Odoi “Chelsi” bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 10,5 million evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya” Xadson-Odoini sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Ammo, “Chelsi” myunxenliklarning bu boradagi taklifini rad etdi.
Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar