17 yoshli Kubarsi Ispaniya terma jamoasida debyut qildi

  • 23 mart, 2024, 17:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubining 17 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bu orqali u o‘zining terma jamoadagi debyutini amalga oshirdi. 

Tecno

Kubarsi 17 yosh 60 kunligida 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Bu Ispaniya tarixidagi debyut qilgan eng yosh ikkinchi futbolchi degani. Mutlaq rekord Kubarsining klubdoshi Lamin Yamalga tegishli. U 16 yosh 57 kunligida "qizil furiya" safida debyutini amalga oshirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya - Kolumbiya to‘qnashuvida Janubiy Amerika qit’asi vakillari kichik 0:1 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!