1-raundda ustunlik qilgan Javohir Ummataliev yakunda imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Ayni paytda BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-80 kg vaznda charm qo‘lqop ustamiz Javohir Ummataliev Rossiya vakili Jambulat Bijamovga qarshi ringga ko‘tarildi. 1-raundni kichik ustunlik bilan yutgan bokschimiz 2- va 3-raundlarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz To‘rabek Xabibullaev va Muslim Gajimagomedov (Rossiya) qarama-qarshiligi kutib turibdi.



Fikrlar