
Yaxshiboev Ramos bilan raqobatlashadi
Belarus chempionatida muvaffaqiyatli to‘p surayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev chempionatning eng foydali futbolchisi va to‘prurari nominatsiyalarida yaqqol etakchilik qilmoqda.
Endi o‘zbek legioneri oliy liga o‘yinlarida raqibga nisbatan eng ko‘p aldamchi harakatlar qo‘llaydigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Futbol mutaxassislari hisob-kitobiga ko‘ra, Yaxshiboev jami 130 marta birga bir vaziyatda raqiblariga nisbatan aldamchi harakatlarini qo‘llagan. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Gabriel Ramosdan ortda qolmoqda.
Kuchli beshlik bilan tanishing:
- Gabriel Ramos (“Torpedo-BelAZ”) – 133
- Djasurbek Yaxshiboev (“Shaxtyor”/ “Energetik-BGU”) – 130
- Igor Stasevich (BATE) – 113
- Jan Morel Po (“Neman”/ “Smolevichi”) – 113
- Vitaliy Lisakovich (“Shaxtyor”) – 111
Fikrlar