
Yan Blaxovich: "Hamma Ankalaev – Pereyra to‘qnashuvi nima uchun haligacha bo‘lib o‘tmaganiga hayron"
Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich amaldagi chempion Aleks Perreyra (19-1-1-1 N/C) va Magomed Ankalaev (12-2) jangi haqida gapirdi.
“Hamma Ankalaev – Pereyra to‘qnashuvi nima uchun haligacha bo‘lib o‘tmaganiga hayron. Bu borada allaqachon turli mish-mishlar mavjud. Ularda Pereyradan xavotir borligi, uning mag‘lubiyatidan qo‘rqishayotgani aytilgan. Bilmadim. Menimcha, Magomed Aleksga qarshi kurash olib borishi kerak. U bunga loyiq", - dedi Blaxovich "Home of Fight" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ankalaev oxirgi jangida Aleksandr Rakichni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan. "Poatan" esa Xalil Rauntrini 4-raundda texnik nokautga uchratgan.
Fikrlar