Sherali Jo‘raev: “Buxoro”ga qarshi o‘yinlar doimo qiyin kechgan”

  • 4 aprel, 2019, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” yarim himoyachisi Sherali Jo‘raev “Buxoro”ga qarshi o‘yin avvalida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Darhaqiqat, navbatdagi turda ham bizni qiyin o‘yin kutmoqda. “Buxoro” avvalgi turda “Metallurg”ga imkoniyatni boy bergan bo‘lishiga qaramay, yaxshi shakllangan jamoa. Baxtiyor Ashurmatov yaxshi mutaxassis va jamoasini qay tariqa shakllantira olishni biladi. Shu boisdan mazkur o‘yin qiyin bo‘ladi. Shuningdek, “Buxoro” o‘z maydonida to‘p suradi va shu tufayli jamoa muxlislarini xursand qilishga intiladi. “Qizilqum” ham bu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun boradi va muxlislarimizga navbatdagi g‘alabani taqdim qilmoqchimiz”, - deydi Jo‘raev “Asr futboli” gazetasiga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!