
Rasman! O‘zbekistonlik legioner Rossiya klubini tark etdi
Rossiya milliy futbol ligasida “Rotor” bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, premer-ligaga chiqqan o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasman e’lon qildi.
- Biz Vitaliyga faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!, - deyiladi klub bayonotida.
Vitaliy Denisov volgogradliklar tarkibida 2020 yilning yanvar oyida qo‘shilib, ikkita uchrashuvda maydonga tushgandi. Hozircha, o‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini qaerda daom ettirishi noma’lum.
Fikrlar