Raneri: “Shomurodov har doim muhim gollarni kiritadi”

  • 10 mart, 05:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “Empoli” bilan to‘qnash kelib, kichik 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu uchrashuvni hamyurtimiz asosiy tarkibda boshlab, 72 daqiqa harakat qildi. Uning mazkur o‘yinini jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri xolis baholab, o‘z fikrini bildirib o‘tdi. 
 
"Biz bu o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, aks holda, bunday bellashuvlarda durang qayd etib, nega bunday bo‘lganini o‘ylab qolamiz. Mavsumning ikkinchi yarmi har doim qiyin kechadi. Shuni ham ta’kidlashim kerak, bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘ynashga chanqoq bo‘lgan futbolchilarni tushirdim. Endi esa bor e’tiborimizni “Atletik Bilbao”ga qarshi to‘qnashuvga qaratib, yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz. 
 
Bugun butun jamoa menga yoqdi. Shomurodov ajoyib yigit, u faoliyati davomida ko‘p gol urmagan. Lekin eng muhimi Eldor to‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri joyda bo‘ladi. Bu esa uning eng ustun tomonlaridan biridir. Bundan tashqari, Shomurodov shu kungacha muhim gollarni urdi va shunday davom etishidan umidvorman" – dedi italiyalik mutaxassis. 
 
Eslatib o‘tamiz, “Roma" navbatdagi bahsini 13 mart kuni Ispaniyaning “Atletik Bilbao” klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da start olishi rejalashtirilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!