O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ertaga Valentin Ivanov xotira-turniriga yo‘l oladi

  • 19 avgust, 2019, 18:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari bir qator musobaqa hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Jumladan, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20-26 avgust kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tadigan “Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turnirda ishtirok etadi. Mazkur musobaqada Turkiya, Serbiya, Rossiya hamda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Tecno

Ushbu musobaqa oldidan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda qisqa yig‘in o‘tkazdi. Bugun yig‘in doirasidagi mashg‘ulotlar yakunlandi va terma jamoamiz ertaga tongda Moskvaga yo‘l oladi. 

 

Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turniri

21 avgust (17:00)

Turkiya – O‘zbekiston

 

23 avgust (17:00)

O‘zbekiston – Serbiya

 

25 avgust (20:00)

Rossiya – O‘zbekiston

 

Barcha uchrashuvlar Moskvadagi “Chertanovo” arenasida bo‘lib o‘tadi.

 

“Star Way” nomli Valentin Ivanov xotira-turnirda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati: 

Ism-familiya

Amplua

Klub

Beknur Parmonov

Darvozabon

Nasaf

Asror Kenjaev

Darvozabon

Spartak

Azizjon Toshkenboev

Himoyachi

Lokomotiv

Vazgen Pogosyan

Himoyachi

Paxtakor

Mirkomil Abdurazzoqov

Himoyachi

Paxtakor

Kirill Todorov

Himoyachi

Paxtakor

Tohir To‘xtasinov

Himoyachi

Bunyodkor

Muxriddin Pazildinov

Yarim himoyachi

Paxtakor

Abduqodir Husanov

Yarim himoyachi

Bunyodkor

Alisher Xayrullaev

Yarim himoyachi

Nasaf

Rian Islamov

Yarim himoyachi

Neftchi

Jasur Ubaydullaev

Yarim himoyachi

Nasaf

Elyor Yulbarsov

Yarim himoyachi

Nasaf

Sardor Hojiboev

Hujumchi

Paxtakor

Rustam Turdimurodov

Hujumchi

Paxtakor

Shahzod Akramov

Hujumchi

Nasaf

Obloyor Rahmatov

Hujumchi

Neftchi

Sarvar Bahodirov

Hujumchi

Yashnobod

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!