
Odiljon Aslonov va Nikita Zon jangi oltinchi raundda yakunlandi
Ayni paytda Rossiyaning Ekaterinburg shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.
Oqshomning co main-event jangida ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Odiljon Aslonov WBA Asia kamari uchun rossiyalik Nikita Zonga qarshi ringga ko‘tarildi. Biroq afsuski, Nikita 6-raundda Aslonovni texnik nokautga uchratib, kamarni ilib ketdi.
Shu tariqa, mazkur kechada ishtirok etgan jami 4 nafar hamyurtimizning 1 nafari g‘alaba qozondi, 2 nafri mag‘lub bo‘ldi, 1 nafari esa durrang natija qayd etdi.
Fikrlar