
Mourino Shomurodov o‘rniga chaqirgan hujumchi Rimga kelmasligi mumkin
Joze Mourino Portugaliya yig‘inidan so‘ng, Eldor Shomurodov bilan xayrlashib, uning o‘rniga “Torino”ni tark etgan Andrea Belottini olmoqchi edi.
Italiya terma jamoasi hujumchisi Rimga kelmasligi mumin.
29 yoshli hujumchiga Ispaniya chempionatida taklif bo‘lyapti.
Italiyalik murabbiy Gattuzo “Valensiya” hujum chizig‘ida aynan Belotti o‘ynashini istayapti va hamyurtini La Ligaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga urinmoqda.
Andrea Belottiga Kanada tomonlardan ham chorlov bo‘ldi. Biroq, o‘ziga qiziqish etarli ekanini inobatga olgan to‘purar Evropada qolishni ma’qul topdi.
Fikrlar