
Isroil Madrimov bilan jang qilgan Terens Kroufod Saul Alvaresga nimalar dedi?
Bokschimiz Isroil Madrimov bilan jang qilgan taniqli charm qo‘lqop ustasi Terens Krouford meksikalik Saul Alvares va IBF chempioni Uilyam Skull o‘rtasidagi qarama-qarshilikka o‘z munosabatini bildirdi.
“Alvaresga keyingi jangida omad tilayman va uch vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lishni intiqlik bilan kutib qolaman” - deb yozdi Krouford ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Alvares va Skull 3 may kuni Saudiya Arabistonida to‘qnash keladi.
Fikrlar