
Iliya Topuriya uchun faoliyatidagi eng kuchli raqib kim edi?
Yarim engil vaznda UFC Iliya Topuriya faoliyatidagi eng kuchli raqib haqida gapirib o‘tdi.
"Ishontirib aytamanki, Maksga qarshi jangim hamma o‘ylagandan ancha erta tugaydi. To‘g‘ri, Xollouey hali nokautga uchramagan, lekin bu uning xavfli ekanidan darak bermaydi. Faoliyatimdagi men uchun eng qiyin raqib Josh Emmett edi. 2023 yildagi jang hamon yodimda. Ha, yakunda ochkolar bo‘yicha g‘alab qilganman, ammo o‘sha bahs oson bo‘lmagandi", - deya "El-Matador" ning so‘zlarini keltirdi "MMA Mania".
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya (15-0) va Maks Xollouey (26-7) jangi 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar