De Xea o‘rnini bosa oladigan yagona darvozabon bor

  • 23 iyul, 2020, 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”da darvozabon muammosi yuzaga kelganiga ancha bo‘ldi.  Jamoaning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand ham bu masalaga e’tibor qaratib, David de Xea o‘rnini qaysi darvozabon bosa olishini aytdi.

Tecno

- David yaxshi o‘ynay olmayapti, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan. Lekin uni o‘rnini egallaydigan posbon topish qiyin. Din Xenderson juda yosh. Darvozani unga topshirish o‘zini oqlamasligi mumkin. De Xeani o‘rnini bosadigan yagona golkiper bu Yan Oblak. Lekin uni olib kelish o‘ta mushkul masala. Shuning uchun ispaniyalik darvozabonga ishonishda davom etish lozim, - dedi Ferdinand.

Yan Oblakka “Chelsi” ham qiziqmoqda va bu transfer uchun 120 million evro berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!