Benzema Mbappening “Real”dagi eng katta muammosini aytib berdi

  • 5 noyabr, 2024, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yulduzli davrlarini “Real”da o‘tkazgan frantsiyadik forvard Karim Benzema hamyurti Kilian Mbappe nega Madrid klubida muammolarga duch kelayotganini tushuntirib berdi.

Tecno

- Eng katta muammo shundaki, Kilian Mbappe markaziy hujumchi emas. Frantsiya terma jamoasida har gal uni hujum markazida o‘ynatishayotgani noto‘g‘ri, chunki bu uning pozitsiyasi emas.

“Real”dagi eng katta muammo chap qanotda yana bir yuqori darajadagi o‘yinchi borligidan kelib chiqadi. Bu Vinisius Junior. Uni ham o‘ng qanot yoki markazga qo‘yib bo‘lmaydi. U o‘zini chap qanotda ko‘rsata oladi.

Qani ko‘ramiz, Karlo Anchelotti bu masalaga qanday echim toparkin, - dedi Karim Benzema.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!