
"Barselona" va "Inter" Firminoga xaridor
Roberto Firmino joriy mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etadi. 31 yoshli hujumchi yangi jamoa topishda muammoga duch kelmasa kerak. "Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" va "Inter" Firminoni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi klublardan biri Roberto Firmino uchun katta taklif tayyorlayotgani ta’kidlangan. Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ga o‘tgandan so‘ng, mahalliy klublar boshqa yulduzlarni taklif qilishga harakat qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik forvard joriy mavsum APLning 18 uchrashuvida qatnashib, 8 ta gol urdi va 4 marotaba sheriklarining goliga pas ber
Fikrlar