Artur Beterbiev: "Menda faqatgina 2 ta tanlov bor edi"

  • 18 fevral, 18:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev sportdagi faoliyatini qanday boshlaganini aytib o‘tdi.

"Sportga kirib kelishim ajoyib bo‘lgan. Taxminan 30 yil avvalgi voqea. Men tug‘ilgan joyda 2 ta tanlov bor edi - yo bokschi, yo kurashchi bo‘lish. O‘shanda akalarim boks bilan shug‘ullanishgan. Shu bois men ham ularga ergashib, zalga borardim. Shundan beri boks zalida umrim o‘tmoqda” — dedi Artur "Daily Mail Sport" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Ar-Riyodda Beterbiev hamyurti Dmitriy Bivol bilan revansh jangini o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!