Angliya grandlari “Real” yulduzini talashyapti

  • 28 oktabr, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Caught Offside nashri Angliya Premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Arsenal” va “Liverpul” 19 yoshli Arda Gyulerni transfer qilishni mo‘ljallayotganini ma’lum qildi.

Tecno

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ichki raqobat tufayli iste’dodli hujumkor futbolchiga etarli darajada o‘yin amaliyoti ajratib berolmayapti. Gyuler o‘tgan mavsumda ham aynan mana shu masala tufayli Madriddan ketmoqchi bo‘lgandi.

“Liverpul” turk futbolchisini jamoadagi kelajagi mavhum bo‘lib turgan Muhammad Saloh o‘rniga olib kelishni reja qilgan.

“Kanonirlar” esa, Arda Gyuler Bukayo Sakaga raqobatchi bo‘lishini istayapti.

Gyulerning madridliklar bilan shartnomasi yana besh yil davom etadi. Uning transfer summasi 45 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!