
Aleksandr Usik Tayson Fyuri yana mag‘lub etsa, kim bilan jang qiladi?
Menejer Egis Klimas ukrainalik Aleksandr Usikning keyingi faoliyati qanday davom etishi xaqida aytib o‘tdi.
“Dyubua Joshuaga qarshi so‘nggi jangida ajoyib harakat qildi va IBF kamariga ham ega bo‘ldi. Agar Usik Fyurini mag‘lub etsa, menimcha, Danielga qarshi ringga ko‘tariladi" - deya Klimasning so‘zlarini keltiradi "DAZN".
Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh 21 dekabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar