Roberto Bautista-Agutni kim to‘xtatadi?
Ispaniyalik tennischi Roberto Bautista-Agut Bolgariyada o‘tayotgan "Sofia Open" musobaqasining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sofiya shahrida mezbonlik qilayotgan turnirning birinchi davrasida Roberto avstraliyalik Mettyu Ebdenni 3:6, 6:3, 6:2 hisobida taslim qildi.
Endi musobaqaning 1/4 final bosqichida Bautista-Agut germaniyalik Yannik Maden, yoki vengriyalik Marton Fuchovichga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar