
+18. "Chelsi" o‘z maydonida "Norvich Siti" darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi (video)
Angliya premer-ligasining 9-turida “Chelsi” o‘z maydonida “Norvich Siti”ni qabul qildi.
“Stemford Brij”dagi o‘yin “aristokratlar”ning 7:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Chelsi”ga g‘alaba keltirgan gollarga Meyson Maunt (8', 85', 90+1'), Kallum Xadson-Odoi (18'), Ris Jeyms (42'), Ben Chiluell (57') va Maks Aarons (62' avtogol) mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar