
Xuan Martin del Potro raqibiga bor yo‘g‘i beshta geymni boy berdi
AQShning Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan "Western & Southern Open" turnirida ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
"Masters" turkumidagi ushbu musobaqada argentinalik Xuan Martin del Potro koreyalik Xyon Chonni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Avstraliyalik Nik Kirgios esa ikkinchi bosqichda xorvatiyalik Borna Chorichga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 7:6, 0:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar