
Zuma "Chelsi"da qolmoqchi emas
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Kurt Zuma jamoadan ketishga qaror qildi. Bu haqda Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik futbolchi “aristokratlar” safida barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmasligini tushunib etgan va shu bois yana “Everton”da qolishni tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq londonliklar ustozi Frenk Lempard yangi mavsumda Zumaga imkoniyat bermoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ta’kidlash lozimki, Zuma o‘tgan mavsumni “Everton”da ijarada o‘tkazgan va 36ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Kurt Zumaning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar