Zidan Xamesning gaplariga bosiqlik bilan izoh berdi

  • 2 iyul, 2020, 13:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiy Zinedin Zidan jamoa yarim himoyachisi Xames Rodrigesning so‘nggi bayonotiga izoh berdi.

Tecno

Oldinroq, kolumbiyalik futbolchi "Real"da majburiyatlarini bajarish uchungina to‘p surayotganini va maydonga kam tushish sababini bilmoqchiligini aytib o‘tgan edi.

"Xames to‘g‘ri gapirgan. U maydonda ko‘proq bo‘lishni xohlaydi va bu normal holat. U "Real" futbolchisi, shunday ekan u bilan ishlashda davom etamiz", - deydi Zidan.

Joriy mavsumda Xames La Liga bahslarida 8 marotaba maydonga tushib, bitta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!