"Zenit" Azmunni qanchaga sotmoqchi ekanini ma’lum qildi

  • 10 yanvar, 2022, 11:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi eronlik hujumchisi Sardor Azmunni qanchaga sotmoqchiligini ma’lum qildi.

Tecno

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, Rossiya chempioni Azmun uchun "Lion"dn 4,5 million evro talab qilmoqda. O‘z navbatida frantsuz klubi 27 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davrida tarkibga qo‘shib olmoqchi va buning evaziga “Zenit”ga 3 million evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Azmunning "Zenit" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli u yana yarim yildan so‘ng jamoani erkin agent siftida tekinga tark etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!